locale OZ

\"Barselona\" \"Bavariya\"ning ikki nafar himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" "Bavariya"ning ikki nafar himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Barselona" klubi Germaniyaning "Bavariya" safida to‘p surayotgan markaziy himoyachilar — Kim Min Jae va Dayot Upamekani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub sport direktori Deku ushbu ikki futbolchining yuqori pressing ostida o‘ynash qobiliyatini yuqori baholagan.

Biroq kataloniyaliklar ularning transferiga faqatgina Ronald Araujo yoki boshqa markaziy himoyachilar jamoani tark etgan taqdirdagina erisha oladi. Bu holat klubga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Dayot Upamekanoning "Bavariya" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha, Kim Min Jaening esa 2028 yil iyun oyigacha amal qiladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting