«Barselona» Bastoniga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Ronald Arauho o‘rniga 26 yoshli italiyalik futbolchini olib kelmoqchi.
Avvalroq, urugvaylik himoyachi ruhiy holatini tiklash maqsadida jamoani vaqtincha tark etgandi.
Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalar doirasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 4 assist qayd etdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist