«Barselona» ayollar jamoasi erkaklar jamoasiga qaraganda koʻproq tomoshabin jalb etdi
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasining 1/4 final javob uchrashuvi doirasida o‘tgan «Barselona» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahsni 60 067 tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bordi.
«Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinga «ko‘k-anorranglilar»ning erkaklar jamoasi ishtirokidagi har qanday o‘yindan ko‘ra ko‘proq muxlis tashrif buyurdi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
Uchrashuv kataloniyaliklarning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Ta’kidlash joizki, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda ham «Barselona» 6:2 hisobida zafar quchgan edi.
Shunday qilib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy 12:2 hisobida g‘alaba qozongan «Barselona» yarim finalga yo‘l oldi. Turnirning ushbu bosqichida kataloniyaliklar Germaniyaning «Bavariya» ayollar jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.