locale OZ

«Barselona» «Atletiko»ga uchralgan magʻlubiyatdan soʻng hakamlik ustidan shikoyat qildi

Ispaniya Kubogi yarimfinalining dastlabki oʻyini 4:0 hisobida madridliklar foydasiga hal boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Atletiko»ga uchralgan magʻlubiyatdan soʻng hakamlik ustidan shikoyat qildi
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi Ispaniya Kubogi 1/2 finalining birinchi uchrashuvida Madridning «Atletiko» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:4) so‘ng, hakamlik ustidan rasmiy shikoyat berdi.

Klub Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) yo‘llagan rasmiy maktubida hakamlar tomonidan mavsum davomida bir xil vaziyatlarga turlicha yondashilayotganidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Shikoyatda quyidagi 5 ta asosiy band ko‘rsatib o‘tilgan:

  1. Intizomiy choralardagi nomuvofiqlik: Bir xil qoidabuzarliklar uchun turlicha jazo choralari qo‘llanilayotgani.
  2. Qo‘l bilan o‘ynash holatlarini baholash: Ushbu vaziyatlarni aniqlashda aniq mezonlarning yo‘qligi.
  3. Xatolarning to‘planib qolishi: Mavsum davomida klubga zarar yetkazgan va o‘yin taqdirini hal qilgan qo‘pol hakamlik xatolarining takrorlanishi.
  4. VAR tizimining qo‘llanilishi va shaffofligi.
  5. Monitor oldiga chaqirish mezonlari: Hakamning maydon chetidagi monitorga qachon borishi borasidagi qarorlarning tushunarsizligi va tengsizlikni keltirib chiqarayotgani.

Shuningdek, «Barselona» shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR tizimidagi barcha audioyozuvlarni to‘liq e’lon qilishni talab qildi. Klub rahbariyati ushbu vaziyatni jiddiy tahlil qilishni va kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun aniq choralar ko‘rilishini kutmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting