locale OZ

“Barselona” Arauxoning o‘rniga yangi himoyachi topdi

Kataloniyaliklar himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
“Barselona” Arauxoning o‘rniga yangi himoyachi topdi
Foto: Getty Images

“Barselona” himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. TNT Sports BR ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar “Betis” markaziy himoyachisi Natan transferiga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” 25 yoshli braziliyalik futbolchini klubni tark etgan Ronald Arauxoning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Kataloniya klubi “Betis” bilan muzokaralarni ham boshlab yuborgan.

Natan o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Braziliyalik himoyachining “Betis” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting