«Barselona» antiqa antirekord qayd etdi
Kataloniyaliklar La Liganing 20-turida «Real Sosedad»ga magʻlub boʻldi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» Ispaniya La Ligasining 20-turida «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda (1:2) besh bor to‘pni ustun yoki to‘singa tekkizdi va shu orqali klub tarixidagi 1945 yildan beri qayd etilgan statistik antirekordni takrorladi.
Jurnalist Aleksis Martin-Tamayo (MisterChip) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar La Liga doirasida besh marta ustun yoki to‘singa zarba berganidan so‘ng g‘alaba qozona olmaganiga 81 yil bo‘lgan. O‘shanda «Barselona» «Mursiya» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Ispaniya chempionatining 20 turidan so‘ng «Barselona» 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Real Sosedad» esa 24 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist