locale OZ

«Barselona» Alvares transferi uchun Ferran Torresni ham qoʻshib berishi mumkin

Kataloniyaliklar yangi mavsum oldidan hujum chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Alvares transferi uchun Ferran Torresni ham qoʻshib berishi mumkin
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi va Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Xulian Alvares bilan hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Cadena Ser nashrining «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta atrofidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, mazkur transfer kelishuviga hujumchi Ferran Torres ham kiritilishi mumkin.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona»ning rejasi polshalik tajribali hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishdan iborat. Bunda Levandovskiga ish haqini kamaytirish va zaxira o‘yinchisi rolini qabul qilish taklif etiladi.

O‘z navbatida, Alvares jamoaning asosiy markaziy hujumchisiga aylanishi hamda Rafinya va Lamin Yamal bilan birgalikda hujum uchligini tashkil etishi kutilmoqda. Xabarda aytilishicha, klub rahbariyati ushbu transfer summasi 100 million yevrodan oshmasligiga ishonch bildirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting