locale OZ

“Barselona” Alexandro Balde bilan qishda xayrlashishi mumkin

Futbolchining mavsum boshidagi kam o‘yin amaliyoti uning kelajagini noaniq holatga keltirib qo‘ydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Alexandro Balde bilan qishda xayrlashishi mumkin
Foto: Getty Images

“Barselona” himoyachisi Alexandro Balde qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Futbolchining mavsum boshidagi kam o‘yin amaliyoti uning kelajagini noaniq holatga keltirib qo‘ydi. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, agar Baldening maydondagi vaqti yaqin oylar davomida oshmasa, “Barselona” yanvar oyida uning boshqa klubga o‘tishiga qarshi bo‘lmaydi. Kataloniyaliklar himoyachini dastlab ijaraga berish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

22 yoshli futbolchi 2026/27-yilgi mavsumda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan. Chap qanot himoyasida Xavi Espart va Joau Kanselu undan ko‘proq imkoniyat olayotgani qayd etilmoqda. Balde esa hozircha La Ligada atigi bitta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Alexandro Balde “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispaniyalik himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting