locale OZ

«Barselona» 5 nafar himoyachini kuzatmoqda

Klub Martines o‘rniga yangi nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» 5 nafar himoyachini kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

"Barselona" o‘tgan yozda klubni tark etgan markaziy himoyachi Inigo Martinesga o‘rinbosar topish maqsadida transfer bozorini diqqat bilan kuzatmoqda.

Sport.es xabariga ko‘ra, 5 nafar chap oyoqli markaziy himoyachi ro‘yxatdan joy olgan:

Niko Shlotterbek (“Borussiya D”).

Gonsalo Inasio (“Sporting”).

Mark Gehi (“Kristal Pelas”).

Tilel Tati (“Nant”).

Dayo Upamekano (“Bavariya”).

Qayd etilishicha, Shlotterbekning hozirgi bozor bahosi 40 million yevrodan oshadi. Inasioning shartnomasida tovon puli 60 million yevroni tashkil etadi. Gehi va Upamekanoning shartnomalari 2026 yil yozida yakuniga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting