«Barselona» 16 yoshli portugaliyalik iste’dod bilan shartnoma tuzdi
Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
ФОТО: Getty images
Portugaliyalik yosh iste’dod Dani Freyre «Barselona» bilan mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
16 yoshli hujumkor yarim himoyachi kataloniyaliklar ko‘rigida o‘zini yaxshi tomondan namoyish etgan va natijada klub bilan shartnoma tuzgan.
«Barselona» Ispaniya chempionati-2026/27 mavsumini muvaffaqiyatli boshladi. Hans-Diter Flik shogirdlari 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchisi — Madridning «Real» klubidan 3 ochko oldinda bormoqda.
«Barselona» chempionatdagi dastlabki 6 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 28 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.