locale OZ

«Barselona» 16 yoshli hujumchining transferi boʻyicha kelishuvga erishdi

Dam olish kunlari ushbu xarid rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» 16 yoshli hujumchining transferi boʻyicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» Angliyaning «Norvich Siti» klubi hujumchisi, 16 yoshli Ajaya Tavares transferini to‘liq hal qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz iqtidori dam olish kunlari Kataloniya poytaxtiga yetib keladi. Bu yerda u tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va «ko‘k-anorranglilar» bilan rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Klublar o‘rtasidagi barcha yuridik masalalar hal etilgan, transfer tez orada rasman e’lon qilinadi.

Ajaya Tavares chap qanot vingeri pozitsiyasida to‘p tepadi. Hozirgacha u «Norvich Siti»ning 18 yoshgacha bo‘lgan jamoasida harakat qilgan.

Asosiy jamoada rasmiy o‘yinlarda debyut qilmagan bo‘lsa-da, o‘tgan yilning iyul oyida Niderlandiyaning «Volendam» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Shuningdek, u Angliya U17 terma jamoasi safida 4 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting