Barkolya APLga yo'l olishi mumkin
"PSJ" ham futbolchini sotishga tayyor
Photo: Getty Images
“PSJ” vingeri Bredli Barkolya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli fransiyalik futbolchiga “Nyukasl”, "Arsenal" va “Tottenxem” jamoalari tomonidan qiziqish bildirilyapti.
“PSJ” klubi Barkolyani sotib yuborishga tayyor. Futbolchining transfer qiymati taxminan 50 million yevroni tashkil etmoqda.
O'tgan mavsumda Bredli barcha musobaqalarda 57 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 18 ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.