locale OZ

Barkola «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolamaydi

Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barcola PSJ bilan yangi shartnoma imzolamaydi
ФОТО: Getty images

Fransiyalik vinger Bredli Barkola PSJ bilan yangi shartnoma tuzmaslikka qaror qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Avval xabar qilingandek, fransiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida yangi variantlarni ko‘rib chiqishga ochiq va u parijliklar taklif qilgan yangi shartnomani imzolamaydi.

Ayni paytda "Liverpul" Barkolani transferlar ro‘yxatining eng yuqori qismiga qo‘ygan. Angliya klubi uni yozgi transfer kampaniyasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Endi Barkolaning kelajagi bo‘yicha muzokaralar yanada jadallashishi kutilmoqda. "Liverpul" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogarlaridan biri bo‘lib turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting