Bangkokda jahon kikboksingi rahbarlari uchrashdi
Ushbu tadbirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari Kikboksing federatsiyalari vitse-prezidentlari va mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.
photo: kikboksing Uzbekistan
Tailand poytaxti Bangkok shahrida kikboksing bo‘yicha nufuzli "WAKO Thailand 2026 World Cup" musobaqasining tantanali ochilish marosimi arafasida muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari Kikboksing federatsiyalari vitse-prezidentlari va mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash, jahon miqyosida kikboksing nufuzini yanada oshirish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ishtirokchi davlatlar vakillari o‘zaro tajriba almashish va sportchilarning mahoratini oshirish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor