locale OZ

Bamford «Sheffield United»ga o'tdi

32 yoshli hujumchi o‘tgan yozda “Leeds” bilan xayrlashganidan beri jamoasiz edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bamford "Sheffield United"ga o'tdi
Фото: Шеффилд Юнайтед

"Sheffield United" Patrik Bamford transferini e'lon qildi.

32 yoshli hujumchi o‘tgan yozda “Leeds” bilan xayrlashganidan beri jamoasiz edi. U "Sheffield United" bilan 2026 yil yanvargacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, "Sheffield" Championshipda 15 o‘yinda 10 ochko jamg‘arib, 24 jamoa orasida 22-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bamford 2018 yildan beri "Leeds"da o‘ynagan. Hujumchi o‘tgan mavsumda Championshipda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmagan edi.

Forvard faoliyati davomida "Middlesbrough", "Norwich", "Burnley", "Derby County" va "Milton Keynes" klublarida ham to‘p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting