locale OZ

Balotelli yosh bolalarga mashg'ulot o'tmoqda

Futbolchining faoliyatidagi so‘nggi klubi "Jenoa" bo‘lib qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Balotelli yosh bolalarga mashg'ulot o'tmoqda
photo: gettyimages

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Balotelli karyerasini davom ettirish imkoniyatlarini kutayotgan paytda bolalarga mashg‘ulot o‘tmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

"Inter", "Milan", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublarining sobiq hujumchisi 2023 yilda mast holda transport vositasini boshqargani uchun jamoat ishlariga jalb qilinganidan keyin bolalarga futbol o‘ynashni o‘rgatishni boshlagandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik futbolchiga bu mashg‘ulotlar yoqib qolgan va endi u jismoniy holatini saqlab qolish maqsadida ularni davom ettirmoqda.

Balotellining faoliyatidagi so‘nggi klubi "Jenoa" bo‘lib qolmoqda. Yozda hujumchiga nisbatan Italiya D Seriyasi (to‘rtinchi liga) vakili "Paviya" qiziqish bildirganlik haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting