locale OZ

Balotelli Saudiya chempionatiga bormaydi

Italiyalik futbolchiga Saudiya chempionatida talab yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Balotelli Saudiya chempionatiga bormaydi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistoni klublari tomonidan hujumchi Mario Balotellining xizmatiga qiziqish borligi haqidagi ma’lumotlar rad etildi.

Avvalroq 35 yoshli futbolchi "Al-Ittifoq"ga o‘tishi mumkinligi aytilgandi. Jurnalist Ben Jacobsning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlarning haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. Italiyalik futbolchiga Saudiya chempionatida talab yo‘q.

Mario Balotelli o‘tgan mavsum yakunlangach, "Jenoa"ni tark etdi – shundan beri forvard erkin agent bo‘lib qolmoqda. Bungacha futbolchi "Adana Demirspor", "Sion", "Monza", "Breshia", "Marsel", "Nitsa", "Liverpul", "Milan", "Manchester Siti" va "Inter" sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting