Balotelli faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin
Photo: Getty Images
Hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko'ra, uchinchi divizion klubi "Real Mursiya" 34 yoshli italiyalikka alohida shartlarni o'z ichiga olgan taklif bilan chiqqan.
Balotelli yangi jamoada taxminan 500 ming yevro maosh oladi.
Balotellining qarorini hafta oxirigacha kutishmoqda. Uning vakillari va klub prezidenti Felip Moreno o'rtasidagi muzokaralar bevosita davom etmoqda,
O'tgan mavsumda "Jenoa" safida A Seriyada bor-yo'g'i 6 o'yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi. Hujumchi yozda klubni erkin agent sifatida tark etgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor