locale OZ

Balde «MYu» qiziqishlari doirasida

Balde 'Barselona'dagi kelajagi borasida hozircha yakuniy qarorga kelmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Balde «MYu» qiziqishlari doirasida
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" klubi "Barselona" himoyachisi Alex Baldega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Mankunianliklar chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun 22 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi imkoniyatini o‘rganmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda "qizil iblislar" vakillari Baldening agenti Jorge Mendesh bilan bog‘lanib, transfer amalga oshishi mumkinmi va buning uchun qanday shartlar talab etilishini aniqlashga harakat qilgan. Balde "Barselona"dagi kelajagi borasida hozircha yakuniy qarorga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Balde uchun asosiy nomzod sifatida "Nyukasl" himoyachisi Luis Xollni ham ko‘rib chiqqan. Biroq "qarğalar" futbolchini sotishga hozircha tayyor emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting