«Baland Masjid» — Farg'ona hokim kubogi g’olibi
Uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda “Neftchi” U-21 jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Фото: Спорт вазирлиги
Farg'ona shahridagi Istiqlol stadioni zaxira maydonida Farg‘ona viloyati hokimi kubogi - 2026 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Yaypan U-19 hamda Baland Masjid jamoalari o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda Baland Masjid jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi.
Shuningdek, uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda “Neftchi” U-21 jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda futbol sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist