locale OZ

Bahrom Haydarov: Raqib safida Cheran, Norchayev kabi mahoratli o‘yinchilar bor va ular ko‘p narsani hal qila oladi

Qo'qon-1912 jamoasi bosh murabbiyi Nasaf bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrom Haydarov:  Raqib safida Cheran, Norchayev kabi mahoratli o‘yinchilar bor va ular ko‘p narsani hal qila oladi
photo: Qo'qon-1912

Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikr bildirdi.

"Bugun turnir jadvali peshqadamiga qarshiga maydonga tushdik. "Nasaf"ning qay darajada kuchli ekanini hamma biladi. Biz bu jamoaga qo‘ldan kelgancha qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Chunki biz uchun har bir ochko tilloga teng. Kamida durang bilan qaytishni niyat qilgandik.

"Nasaf" ko‘p jabhada ustunlik qildi, buni tan olish kerak. Kam vaziyatlarga ega bo‘ldik, lekin foydalana olmadik. Bugun raqib himoyachilari va darvozaboni yaxshi harakat qildi. To‘g‘ri, 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat yoqimsiz, ammo oxirigacha kurashishgani uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Raqib safida Cheran, Norchayev kabi mahoratli o‘yinchilar bor va ular ko‘p narsani hal qila oladi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting