locale OZ

Bahrom Haydarov: OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf

Qo'qon-1912 jamoasi bosh murabbiyi OKMK bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrom Haydarov: OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf
photo: Qo'qon1912

Superliga 24-turidan o‘rin olgan OKMK - "Qo‘qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?

- OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf. O‘yinning boshida tezkor gol urib keyin chuqur himoyaga o‘tdik va bu bizga qo‘l keldi. Qolgan daqiqalarda o‘z omadimizni qarshi hujumlarda sinab ko‘rdik. Raqib safida to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan futbolchilar ko‘p, lekin maydon holati bugun pand berdi deb o‘ylayman. Shundan so‘ng har ikki jamoa jamoa ham to‘pni havolatib o‘ynay boshladi. Tarkibimizda bo‘ydor futbolchilar ko‘pligi bugun foydamizga ishladi.

- "Qo‘qon-1912"ning yaxshi sport formasini nima bilan izohlagan bo‘lardingiz?

- Biz har doim bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. Hato mag‘lubiyatli seriya paytida ham shunday hozirlik ko‘rganmiz. Birdaniga to‘rt-besh nafar asosiy futbolchimizning yo‘qligi, qolaversa moliyaviy muammolar ham pand berib qo‘ygandi. Raqobatbardosh jamoa yig‘a olmaganimiz ham ko‘p bahslarda zararimizga ishladi. Hozir esa jamoamiz kuchiga kuch qo‘shildi. Olmaliq jamoasidan Karimov bilan Datsini oldik, qolaversa Shohruh Gadoyev ham o‘yinimizni kuchaytirdi. Kuchli o‘yinchilarni olishimiz natijasida jamoamiz o‘yinida sifat oshdi. Gadoyev golli to‘p uzatishlarni amalga oshiryapti, Datsi bilan Haydarov gollar uryapti.

- "Qo‘qon-1912"ning uy stadioni maydoni ancha yaxshi bo‘lib qolgan. Lekin o‘zingiz aytib o‘tgan biroz yomon maydonda bugun jamoangiz g‘alaba qozondi.

- Bugungi uchrashuvda himoyalanish biz uchun oson bo‘ldi. OKMK jarima maydonchasi atrofida to‘pni ko‘p ushlaydi. Lekin ichkariga oshirganda ular ko‘proq havodan to‘pni uzatishni ma’qul ko‘rishdi. Bu esa bizga qo‘l keldi. Bugun maydon ham bizga yordam berdi.

- Ikkinchi davrada "Qo‘qon-1912" top-10ga kiradi deb aytib o‘tgandingiz. Shu maqsad yo‘lida jamoa to‘g‘ri ketyaptimi?

- Superliga yakunida qaysi o‘rinni olishimizni bilmayman. Lekin maqsadimiz yuqoriga ko‘tarilish. Chunki bu jamoamizdagi hamma uchun muhim. Futbolchilar narxi oshadi, jamoamiz obro‘si ko‘tariladi. Biz pley-off o‘yinlaridan qochish uchun ham yuqoriga harakat qilishimiz kerak. Agar shuni bajara olsak birinchi mavsum yaxshi o‘tdi desak bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting