locale OZ

Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilari bekor qilinishi Formula-1'ga 132 million dollar zarar keltirishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaro turnirlar bekor qilinishiga sabab boʻlmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilari bekor qilinishi Formula-1'ga 132 million dollar zarar keltirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Formula-1 chempionati taqvimida jiddiy o‘zgarish yuz berdi. BBC Sport nashrining xabariga ko‘ra, aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prisi Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro sababli bekor qilinadi.

Ushbu qaror xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. AQSH/Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik tufayli musobaqa xodimlarining hayoti va xavfsizligiga xavf tug‘ilishi mumkinligi sababli, tashkilotchilar poygalarni o‘tkazishni imkonsiz deb topishgan. Rasmiy bayonot joriy hafta yakuniga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Formula-1 ma’muriyati mazkur bosqichlar o‘rniga boshqa poygalarni tashkil etmaslikka qaror qildi, natijada 2026 yilgi mavsum taqvimi 22 ta etapdan iborat bo‘ladi. Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prisi uchun eng yuqori badal to‘lovlarini amalga oshiruvchi davlatlardan biri hisoblanadi, shu boisdan turnir tashkilotchilarining ko‘radigan moliyaviy zarari 100 million funt sterlingdan (taxminan 132 million AQSH dollari) oshib ketishi prognoz qilinmoqda.

Portiman (Portugaliya), Imola (Italiya) va Istanbul (Turkiya) poyga yo‘laklari zaxira varianti sifatida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, tashkiliy vaqt yetishmasligi va moliyaviy kafolatlar yo‘qligi tufayli ulardan voz kechildi. Ushbu bekor qilinishlar natijasida Yaponiya Gran-prisi (29 mart) va Mayami Gran-prisi (3 may) o‘rtasida besh haftalik tanaffus yuzaga keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting