locale OZ

Bahrayn Osiyo yoshlar o‘yinlarini qabul qilishga shaylanmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrayn Osiyo yoshlar o‘yinlarini qabul qilishga shaylanmoqda
FОТО: isfsportrs.org

Bahraynda III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan delegatsiya a’zolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston MOQ vakillari ham ishtirok etib, bo‘lajak musobaqalar bilan bog‘liq muhim masalalar bilan tanishishdi.

Tadbir davomida tashkiliy qo‘mita vakillari O‘yinlar dasturi va taqvimi, shuningdek, musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Uchrashuvda infratuzilma holati, sportchilarga yaratilayotgan sharoitlar va logistika masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, III Osiyo yoshlar o‘yinlari joriy yilning 22–31-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting