locale OZ

Bahodir Abduvaliev Tojikiston klubiga o‘tdi

24 yoshli futbolchi “Parvoz” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahodir Abduvaliev Tojikiston klubiga o‘tdi
Фото: Парвоз ПФК

O‘zbekistonlik markaziy hujumchi Bahodir Abduvaliev faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi.

Sports24.uz nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi “Parvoz” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Abduvaliev o‘tgan mavsumni O‘zbekistonda Proliga ishtirokchisi “FarDU” klubida to‘p surgan. Mavsum yakunida shartnomasi tugab, legionerga aylandi.

Ma’lumot uchun, “Parvoz” yangi mavsumni Tojikiston Oliy ligasida debyutini o‘tkazadi. Bu klub allaqachon o‘zbekistonlik darvozabon Muhriddin Ahmedov va himoyachi Ismoil Oxunjonov bilan bitim imzolagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting