locale OZ

Baena: «Kichik xato ham turnirdan chiqib ketishga olib kelishini yaxshi bilamiz»

Ispaniya pley-offda Avstriya bilan to'qnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baena: «Kichik xato ham turnirdan chiqib ketishga olib kelishini yaxshi bilamiz»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
02.07.2026, Yak.
Ispaniya
3
Avstriya
0

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleks Baena 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final doirasida bo'lib o'tadigan Avstriya bilan bo'lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi.

— Men ularning guruh bosqichida Argentinaga qarshi o'yinini ko'rgandim, shekilli. Rostini aytsam, ular menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu ajoyib futbolchilarga ega kuchli jamoa. Ular yakka kurashlarda juda tajovuzkor harakat qilishadi, to'pni yaxshi nazorat qila olishadi, shuning uchun bizni juda og'ir o'yin kutmoqda.

— Endi xato qilishga haqqimiz yo'q — butunlay boshqa jahon chempionati boshlanmoqda. Bunga qanday yondashasiz?

— Biz hatto kichik xato ham turnirdan chiqib ketishga olib kelishini tushunamiz. Shuning uchun oldingi o'yinlardagi kichik kamchiliklarni tuzatish, allaqachon ko'rsatgan barcha yaxshi tomonlarimizni saqlab qolish va rivojlanishda davom etishimiz kerak, — deya Baenaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting