BAAga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi mehmonxonasiga doping-ofitser keldi
Rasm: Olamsport.uz
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga doping-tekshiruv o‘tkazishga qaror qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, BAAga qarshi bahs oldidan terma jamoa joylashgan mehmonxonaga maxsus ofitser tashrif buyurgan va to‘rt nafar futbolchidan doping namunasi olgan. Bu tekshiruvlar 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda.
Ayni paytgacha qaysi futbolchilar testdan o‘tganligi ma’lum qilinganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – BAA uchrashuvi ertaga, 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Bakradze Iman
Redaktor