BAA terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Photo: Getty Images
Ruminiyalik mutaxassis Kozmin Olariu BAA milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Olariu ushbu terma jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Shu tariqa, u 5 iyun kuni O‘zbekistonga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichida BAAga ustozlik qiladi.
Ma'lumot uchun, BAA terma jamoasi saralashning “A” guruhida 13 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi 17 ochko bilan ikkinchi, Eron esa 20 ochko bilan yetakchi hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist