locale OZ

Azizbek Amonov «Dinamo» futbolchisiga aylandi

angi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azizbek Amonov «Dinamo» futbolchisiga aylandi
photo: Dinamo fk

Azizbek Amonov – «Dinamo» futbolchisi

Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

«Dinamo» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Azizbek Amonov bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi. O‘zbekiston milliy jamoasi safidagi o‘yinlari va Superliga klublaridagi ishtiroki bilan tanilgan 28 yoshli hujumkor yarimhimoyachi yakunlangan mavsumni «Buxoro» safida o‘tkazdi. 2026 yildan esa u «Dinamo» jamoasi sharafini himoya qiladi.

Azizbek Amonov o‘tgan yillar davomida «Lokomotiv», «Nasaf», «Neftchi», «Bunyodkor» klublari, shuningdek Eronning «Istiqlol», BAAning «Xorfakkan» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ishonamizki, Azizbek Amonov Vadim Abramov boshqaruvidagi «Dinamo» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.

«Dinamo» PFK oilasiga xush kelibsiz, Azizbek!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting