locale OZ

Aziz Xolmurodov bilan shartnoma uzaytirildi

OKMK FK jamoasi tarkib barqarorligini ta’minlash va kelajak poydevorini mustahkamlash yo‘lida navbatdagi strategik qadamni tashladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Aziz Xolmurodov bilan shartnoma uzaytirildi
photo: OKMK fk

OKMK FK jamoasi tarkib barqarorligini ta’minlash va kelajak poydevorini mustahkamlash yo‘lida navbatdagi strategik qadamni tashladi. Jamoamizning iqtidorli va hujumkor yarim himoyachisi, o‘zining kreativ o‘yini bilan muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan Aziz Xolmurodov bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.

Klub rahbariyati va futbolchi o‘rtasidagi yangi kelishuv 4 yillik muddatni o‘z ichiga oladi. Bu degani, 22 yoshli iste'dodli ijrochimiz 2029-yilning yakuniga qadar «konchilar» sharafini himoya qiladi va jamoamiz muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.

Aziz Xolmurodovning maydondagi professionalligi va klubga bo‘lgan sadoqati biz uchun qadrli. Uning tajribasi jamoamizning oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishishida, ayniqsa, hujum chizig‘ida o‘z so‘zini aytishida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting