Aziz Sobirov Buxoro tajribasi bilan tanishdi
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov so‘nggi paytlarda dzyudo sport turi rivoji yo‘lida katta o‘sishga erisha olgan Buxoroda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.
U safar davomida Buxoro viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i O'tkir Najmiddinov bilan uchrashib, olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Ular viloyatda iqtidorli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, sport maktablaridagi shug‘ullanish sharoitlarini yanada yaxshilash hamda musobaqalar tizimini takomillashtirish masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.
Shuningdek, Buxoro tajribasini boshqa viloyatlarimizga ham tadbiq etishga ham kelishib olindi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor