Aziz G‘aniyev «Baniyas» bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Birlashgan Arab amirliklaridagi jamoasini o‘zgartirdi.
photo: Baniyas FK
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev Birlashgan Arab amirliklaridagi jamoasini o‘zgartirdi.
28 yoshli futbolchi «Baniyas» bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Aziz bungacha BAAning «Shabob Al Ahli» va «Al Bateh» klublarida ham to‘p tepgan.
Ma’lumot uchun, «Baniyas» bu mavsumda mamlakat yuqori divizionidagi 4 ta o‘yinda ham yutqazdi va 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Avvalroq ushbu jamoada o‘zbekistonlik futbolchilardan Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy ham o‘ynagandi.
G‘aniyev o‘tgan mavsumda BAA chempionatida 25 o‘yinda 2 gol va 3 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.