locale OZ

Aziz G‘aniyev BAA Pro ligasida ikkita assistni amalga oshirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aziz G‘aniyev BAA Pro ligasida ikkita assistni amalga oshirdi
Фото: Getty Images

BAA Pro ligasi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Aziz G‘aniyev to‘p suradigan “Al-Bataeh” o‘z maydonida “Khorfakkan”ni qabul qildi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborga molik jihati shundaki, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G‘aniyev jamoasining har ikkala goliga assist amalga oshirdi.

U uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq maydonda harakat qildi.

Ma’lumot uchun, “Al-Bataeh” ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari hisobini 3 taga yetkazib olib, jadvalda 10-o‘rindan joy oldi. Jamoa o‘zining navbatdagi o‘yinini 30 avgust kuni BAA Liga Kubogi doirasida “Al-Nasr Dubay” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting