locale OZ

Azar faoliyatini «Lans»da davom ettirishi mumkin — manba

Tomonlar hamkorlik shartlari boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azar faoliyatini «Lans»da davom ettirishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

«Anderlext»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Torgan Azar «Lans» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi kelayotgan yozda «oq-binafsharanglilar» bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgach, «qonli-oltinranglilar» safiga qaytishi mumkin. Azar fransuz klubi bilan hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan; tomonlar 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitimni imzolaydilar.

Torgan Azar faoliyatining ilk yillarida «Lans» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, futbolchining faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya», Myunxen-Gladbaxning «Borussiya», PSV va boshqa bir qator jamoalar ham o‘rin olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting