Azar: «APLda asosiy urgʻu jismoniy holatga beriladi, La Ligada esa texnika birinchi planga chiqadi»
Belgiyalik sobiq futbolchi Angliya va Ispaniya futbolini oʻzaro taqqosladi.
FOTO: Getty Images
«Chelsi» va Belgiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Eden Azar o‘zi to‘p surgan Angliya Premyer-ligasi hamda Ispaniya Primerasini o‘zaro solishtirdi.
«Ushbu chempionatlarning o‘yin uslubi bir-biridan farq qiladi. Premyer-ligada asosiy urg‘u jismoniy holatga beriladi, u yerda to‘xtovsiz yugurishingiz kerak. La Ligada esa texnika birinchi planga chiqadi. Madridda siz o‘yin tizginini boshqarishingiz mumkin, biroq Premyer-ligada bunga imkon yo‘q — u yerda barcha 90 daqiqa davomida yuqori tezlikda harakat qilishga majbursiz», — deya Azarning so‘zlarini keltiradi The Guardian.
O‘zining futbolchilik faoliyati davomida Azar klublar miqyosida jami 623 ta o‘yinda ishtirok etgan. Uning hisobida 167 ta gol va 153 ta golli uzatma mavjud.