Azamat Abduraimov: \"Kosmin Olariuda vaqt juda ham kam\"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, "Shuhrat" medali sohibi Azamat Abduraimov Sports24.uz saytiga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat asosan BAA – O‘zbekiston uchrashuvi haqida bo‘ldi.
BAA terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Kosmin Olariu haqida berilgan savolga O'zbek futboli afsonasi quyidagicha javob berdi:
"Menimcha, bunday muhim o‘yin oldidan murabbiyni almashtirish ikki jihatga ega: bir tomondan, bu jamoaga yangi turtki berishi, futbolchilarni yaxshiroq natijaga ilhomlantirishi, yangi murabbiy oldida o‘zini ko‘rsatish istagi bo‘lishi mumkin. Bu psixologik vaziyat. Bundan tashqari, yangi murabbiy jamoa o‘yinini qayta qurishi, tarkib va taktika o‘zgarishlarini kiritishi, boshqa o‘yinchilarga o‘zini ko‘rsatish imkonini berishi mumkin.
Boshqa tomondan, Kosmin Olariuda jamoa bilan tanishish, o‘yinchilarning yangi kombinatsiyalarini sinab ko‘rish, taktik jihatdan nimanidir o‘zgartirish uchun juda oz vaqt bor edi. Ha, terma jamoamizni yaxshilab o‘rganish uchun ham vaqt kerak edi. Olariu oldida O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etish vazifasi turibdi. Faqat g‘alaba BAAga Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradi. Shu bois, Amirliklar murabbiylar shtabi terma jamoamizga qarshi o‘yinda agressiv hujumkor futbolni tanlaydi, deb o‘ylayman",-deydi mutaxassis