AZ PSVni tor-mor etib, Niderlandiya superkubogini qo‘lga kiritdi
Niderlandiya Superkubi bahsida PSV va AZ o‘zaro to‘qnash keldi. Eyndxoven shahridagi «Filips» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AZ raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etib, mavsumning ilk sovriniga ega chiqdi.
Bellashuvning 9-daqiqasida PSV yarimhimoyachi Yoyey Verman qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 25-daqiqada hujumchi Meks Merdink hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar ustunligini yanada mustahkamladi: 51-daqiqada Uesli Patati ikkinchi golni urgan bo‘lsa, 59-daqiqada himoyachi Elayja Deykstra hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 66-daqiqada Dal penaltini aniq amalga oshirib, bellashuvdagi yakuniy nuqtani qo‘ydi — 4:0.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda PSV Niderlandiya chempioniga aylangan bo‘lsa, AZ mamlakat Kubogi sohibi bo‘ldi.
Niderlandiya Superkubogi
PSV – AZ 0:4
Gollar: Merdink 25, Patati 51, Deystra 59, Dal 66 penalti.