Ayub Buaddi top-5 chempionatlarda 50 ta oʻyin oʻtkazdi
«Lill» yarimhimoyachisi Ayub Buaddi 2007 yilda va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar orasida Yevropaning top-5 ligasida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Uning hisobida 50 ta uchrashuv bor. Ushbu reytingda «Barselona» futbolchisi Lamin Yamal 90 ta o‘yin bilan peshqadam bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni uning jamoadoshi Pau Kubarsi 71 ta uchrashuv bilan band etgan.
Avvalroq Londonning «Arsenal» klubi Buaddiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yarimhimoyachi ingliz klubining e’tiborini tortib, «kanonirlar»ning transfer maqsadiga aylangan. «Arsenal» rahbariyati 18 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish borasida faol ish olib bormoqda.
Shu bilan birga, «Lill» rahbariyati istiqbolli futbolchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti. O‘tgan yilning dekabr oyida Buaddi klub bilan shartnomasini uzaytirgan bo‘lib, yangi kelishuv 2029 yil yozigacha amal qiladi.