Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi
27-dan 28-ga o‘tar kechasi ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvlari yakunlandi. Ispaniyaning "Barselona" klubi Germaniyaning "Volfsburg" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi o‘yinda ispanlar 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. O‘tgan o'yinda ham ustunlik "Barselona" tomonida bo‘ldi. Ispan klubi 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi va endi u yerda Angliyaning "Chelsi" jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
O‘z navbatida "Chelsi" o‘z vatandoshi "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ingliz klublari o‘rtasidagi birinchi o‘yin 2:0 hisobida Manchesterliklar foydasiga yakunlangan edi. Bir gol farqi bilan "Chelsi" yarim finalga chiqishga erishdi.
Ikkinchi yarimfinalda "Liverpul" va "Olimpik" to'qnash keladi.
Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi. 1/8 final
Barselona - Volfsburg - 6:1
Gollar: Paralluyelo 10, 20, Brugts 41, Pina 62, 77, Leon 90+1 - Birenshteyn 72.
Chelsi - Manchester Siti - 3:0
Gollar: Baltimor 14, Bjorn 38, Ramirez 43.