Ayollar OChL guruh bosqichiga qur'a tashlandi
"Sevinch" ayollar klubi turnirda ishtirok etadi.
Фото: Севинч ПФК
Bugun ayollar oʻrtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra, "Sevinch" "B" guruhidan joy oldi. Xitoy ushbu guruh oʻyinlariga mezbonlik qiladi.
"B" guruhi
"Uhan Jiangda" (Xitoy)
"Bam Hatun" (Eron)
"East Bengal" (Hindiston)
"Sevinch" (Oʻzbekiston)
Maʼlumot uchun, guruh bosqichi uchrashuvlari shu yilning 9-23 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Chorak final uchrashuvlari 2026 yil 22-23 mart kunlari oʻtkaziladi. Yarim final oʻyinlari va final may oyida tashkil etiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist