locale OZ

Ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi-2025. O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga mag'lub bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi-2025. O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga mag'lub bo'ldi
FОТО: O'FF

Xitoy mezbonligida bo'lib o'tayotgan ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib bordi va yakunda vakilalarimiz 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Dastlab, hisob 10-daqiqada Ke Yao Xiang tomonidan ochildi (1:0). 11-daqiqada esa Madina Vohidova tezkor gol bilan javob berdi (1:1).

32-daqiqada Jan Ven chin yurti vakilalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa (2:1), 37-daqiqada Ke Yao Xiang dublni rasmiylashtirdi (3:1).

Ma'lumot uchun, Farruh Zokirov boshqaruvidagi jamoamiz “A” guruhida 3-o'rinni egalladi va pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Ertaga guruh bosqichi o'z yakuniga yetadi hamda chorak finalining barcha ishtirokchilari aniq bo'ladi.

Ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi-2025

Xitoy 3:1 O'zbekiston

Gollar: Ke Yao Xiang 10' (1:0), Madina Vohidova 11' (1:1), Jan Ven 32' (2:1), Ke Yao Xiang 37' (3:1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting