locale OZ

Ayollar futbolida ikkinchi hayot mavzusida seminar tashkil etildi

Seminar davomida ayollar futbolida media va kommunikatsiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Ayollar futbolida ikkinchi hayot mavzusida seminar tashkil etildi
photo: UFA

Tadbirda OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etib, Ayollar futbolini rivojlantirish strategiyasi hamda futbolchi qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yutuqlarimiz va oldinda qilishinishi kerak bo'lgan ishlarga to'xtaldi.

"Ayollar futbolida ilgari ayol mutaxassislar juda kam edi. Bugungi kunda esa bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda — maxsus dasturlar yo‘lga qo‘ydik, eshiklar keng ochildi. Endilikda futbolchi qizlar turli yo‘nalishlarda mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniga ega.

Milliy futbol markazi qurildi, davlatimiz tomonidan futbolga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayollar terma jamoamiz bilan Jahon chempionatiga chiqishimizga bir qadam qoldi — bu mehnatlar, albatta, o‘z samarasini beradi.

Hakamlik va murabbiylik yo‘nalishlarida ham sezilarli o‘sishga erishildi, vakillarimiz xalqaro maydonda faol ishtirok etmoqda. Yaqin kunlarda ayollar uchun Respublika futbol akademiyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan”, — dedi Ravshan Irmatov.

Seminar davomida WORKSHOP strategiyasi doirasida ishtirokchilar murabbiylik faoliyati, hakamlik, ma’muriy ishlar, tahlil, shuningdek ayollar futbolida media va kommunikatsiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting