locale OZ

Ayollar futboli. Osiyo kubogi uchun qur'a tashlandi

Eng yaxshi 4 ta terma jamoa JCh yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayollar futboli. Osiyo kubogi uchun qur'a tashlandi
Фото: Аёллар футболи

2026-yilda Tailandda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi uchun qur'a tashlandi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, Vladimir Panov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Janubiy Koreya va Iordaniya yoshlar terma jamoalari bilan birgalikda "B" guruhidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa 2026-yilning aprel oyida Tailandda bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda yarim finalgacha yetib borgan 4 ta terma jamoa kelasi yili Polshada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting