locale OZ

Ayol hakamlarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi

Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Ayol hakamlarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi
photo: UzFHM

Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga yetdi. Yangi mavsum oldidan o‘tkazilgan mazkur yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat yuritadigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirok etdi.

Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda o‘yin jarayonida to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy darslarni qamrab oldi. Unda turli o‘yin epizodlari tahlil qilinib, qoidalar bo‘yicha bilimlar mustahkamlandi. Shuningdek, maydondagi harakatlanish va to‘g‘ri joylashuv bo‘yicha mashqlar bajarildi.

Yig‘in yakunida hakamlarning jismoniy holati maxsus testlar orqali baholanib, yangi mavsum oldidan ularning tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting