locale OZ

Ayol hakamlarimiz Superliga bahslarida muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda

Surxon – Sho‘rtan bahsida esa 2025 yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayol hakamlarimiz Superliga bahslarida muntazam ravishda faoliyat olib bormoqda
Фото: ЎФА

O‘zbekiston Superligasining 28-turida ayol hakamlarimiz bir nechta uchrashuvlarda faoliyat olib bormoqda.

Tajribali hakam Kristina Sereda OKMK – Navbahor bahsida, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova esa Nasaf – Mash'al uchrashuvida AVAR hakamlari sifatida faoliyat olib bordi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan Surxon – Sho‘rtan bahsida esa 2025 yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlaydi.

Kristina Sereda va Zilola Rahmatova – yordamchi hakamlar

Gulshoda Saidqulova – zaxira hakami

Dildora Rustamova – AVAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.

Bu — ayol hakamlarimizning Superligadagi ishtiroki va professional o‘sishi yo‘lidagi muhim qadamlaridan biridir.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting