Ayol hakamlar yangi mavsum oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda
Ayol hakamlar yangi mavsum oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.
Yangi futbol mavsumi arafasida ayol hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘inda Ayollar Oliy ligasi hamda Birinchi liga uchrashuvlarida faoliyat olib boradigan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o‘yin jarayonida tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mashg‘ulotlar nazariy va amaliy darslardan iborat bo‘lib, unda o‘yin epizodlarini tahlil qilish, qoidalar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda maydondagi harakatlanish texnikasi ustida ishlanmoqda.
Shuningdek, yig‘in davomida hakamlarning jismoniy holati va tayyorgarlik darajasi maxsus testlar orqali baholanib, yangi mavsum oldidan ularning tayyorgarligi yanada mustahkamlanadi.