locale OZ

Ayol hakamlar uchun tashkil etilgan FIFA seminari davom etmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayol hakamlar uchun tashkil etilgan FIFA seminari davom etmoqda
FОТО: UzFHM

Ayol hakamlar hamda “Hakamlar akademiyasi” tinglovchilari uchun tashkil etilgan FIFA seminari davom etmoqda.

Bugungi amaliy mashg‘ulotlar davomida xalqaro maydonda shakllanayotgan zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or uslublar hamda FIFA tomonidan tavsiya etilgan eng so‘nggi qoidalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Seminar doirasida rossiyalik tajribali ayol hakam Anastasiya Pustovoytova tomonidan “Hakamlar akademiyasi” tinglovchilariga hakamlik faoliyatida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, tahlil va qaror qabul qilishdagi muhim nuqtalar bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy misollar orqali tushuntirishlar berildi.

Mazkur seminar yosh hakamlarning malakasini oshirish, ularni xalqaro standartlarga tayyorlash va musobaqalarda ishonchli faoliyat olib borishlariga ko‘maklashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting