locale OZ

Ayder Kurbayev: «Musobaqada munosib ishtirok etish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz»

Ilk uchrashuvini 7-aprel kuni Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayder Kurbayev: «Musobaqada munosib ishtirok etish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz»
Фото: ЎФА

“CAFA U-17 Championship 2026” turniri oldidan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Ayder Kurbayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ushbu musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Mazkur turnir jamoamiz uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Bu orqali o‘z imkoniyatlarimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazish, kuchli va zaif tomonlarimizni aniqlab olish imkoniga ega bo‘lamiz. Ishtirok etayotgan barcha jamoalar yuqori saviyada, shu bois musobaqada munosib ishtirok etish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Shu bilan birga, kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Hozirda jamoaning asosiy o‘zagi shakllantirilgan, biroq futbolda raqobat doimo ustuvor. Shu sababli hech bir futbolchining terma jamoadagi o‘rni oldindan kafolatlanmagan. Osiyo kubogigacha bo‘lgan davrda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazishda davom etamiz", — dedi Ayder Kurbayev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “CAFA U-17 Championship 2026” turniridagi ilk uchrashuvini 7-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da Milliy futbol markazida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting