locale OZ

Ayaks vakillari Navbahor bilan hamkorlik qilish uchun Namanganga yetib kelishdi

Niderlandiyalik futbol mutaxassislari bugun viloyat hokimi bilan uchrashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayaks vakillari Navbahor bilan hamkorlik qilish uchun Namanganga yetib kelishdi
photo: Navbahor FK

Ayaks vakillari Navbahor bilan hamkorlik qilish uchun Namanganga yetib kelishdi. Bu haqida klub rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

"Muhtaram Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig'i asosida, “Navbahor” futbol akademiyasi Niderlandiyaning dunyoga mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi bilan hamkorlik borasida muhim kelishuvga erishdi.

Niderlandiyalik futbol mutaxassislari bugun viloyatimizga yetib kelishdi.
Ular Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazaqqov bilan muzokaraning so'ngi bosqichini yakunlab, tomonlar o'zaro hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi.

Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, “Ayaks” akademiyasining tajribali murabbiy, skaut va metodistlari akademiyada faoliyat yuritishadi. Tez orada yoshlarni saralash va akademiyaga qabul qilish (seleksiya) boshlanadi. Mutaxasislar akademiya tarbiyalanuvchilarini yuqori darajadagi futbolchi bo'lib yetishib chiqishlariga xizmat qilishadi. Shu bilan birgalikda, kelishuvga ko'ra, "Ayaks" jamoasining yig'inlariga har yili 16 nafardan "Navbahor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari ko'rikka jalb etilib, mutaxassislar tomonidan saralangan iqtidorli futbolchilar Yevropaning ko'plab jamoalariga tasviya etiladi. Undan tashqari, Yevropa maydonlarida bo'ladigan, ko'plab skautlar ishtirok etadigan U-17 musobaqalarida akademiyamiz jamoasi muntazam ishtirok etishi belgilangan.

Ushbu hamkorlik Markaziy osiyoda nufuzi va darajasi eng yuqori hamkorlik sifatida ahamiyatlidir. Bugungi tarixiy kelishuv viloyatimiz futbolining xalqaro tajriba asosida rivojlanishi, yosh iste’dodlarni kashf etish va professional futbolchilarni tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi deb umid qilamiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting