«Ayaks» Tomiyasu bilan shartnoma imzolashga yaqin
Tomiyasu hozirda erkin agent maqomiga ega.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" sobiq himoyachisi Takehiro Tomiyasu yaqin orada "Ayaks" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Shohei Baba xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Niderlandiya klubi qishki transfer oynasida yaponiyalik 27 yoshli o'yinchi bilan mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Hozircha tomonlar oxirgi detallarni kelishmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Tomiyasu hozirda erkin agent maqomiga ega. U yozda "Arsenal"ni tark etgandi.
O'tgan mavsum 27 yoshli futbolchi APLda faqat bitta o'yinda maydonga tushgan. Jarohati sabab ko'p o'yinlarda ishtirok etmagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist